Xorijda vafot etgan muhojirlarning jasadini qaytarishda moddiy yordam beriladi
Jamiyat
−
02 fevral 2021
4327Xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan mehnat migrantlariga moddiy yordam berish tizimini kengaytirish maqsadida viloyatlar hokimliklari huzurida maxsus Jamg‘arma tashkil etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Jamg‘arma, mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantirib boriladi.
Jamg‘arma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi:
• xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
• Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
• vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1000 AQSH dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari huzurida Xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy yordam ko‘rsatish jamg‘armalari tashkil etildi.
LiveBarchasi