Xorazmlik ayolni Hajda o‘g‘irlik qildi deb xabar tarqatgan ayol jazolandi

3-sahifa

image

Shu yilning may oylarida bir ayol ijtimoiy tarmoqlarga xorazmlik uch ayol Haj safariga borgani va u yerdagi do‘kondan tilla o‘g‘irlagani haqida audioxabar tarqatgandi. Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi esa holatga munosabat bildirib, ushbu xabarlarni yolg‘on deb topgan. Shundan so‘ng, ushbu ish sudda ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi

Aniqlanishicha, voqealar markazida 1974 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan fuqaro M.J. (ayol) turgan. Ayol jabrlanuvchi fuqaroni sharmanda qilish maqsadida, uni Haj safari mobaynida hamma namoz o‘qiyotgan vaqtda do‘konlarga kirib, o‘g‘irlik qilgani haqida ovozli xabar hamda jabrlanuvchining oilasi bilan tushgan rasmini tarqatgan.

Tergovda audioxabar va Telegramʼdagi yozishmalar sudlanuvchiga tegishli ekani tasdiqlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi M.J. Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Hukmda sudlanuvchining pushaymonligi, oilaviy ahvoli, muqaddam sudlangani hamda jabrlanuvchining ayblanuvchini kechirgani inobatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Haj o'g'irlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing