Xorazmdagi pedofillar ishi Toshkentda ko‘rib chiqiladi

3-sahifa

image

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan o‘n oy davomida jinsiy aloqa qilib kelgan amaldorlarning ishi Toshkentda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy sudning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ushbu ish apellyatsiya tartibida yangidan ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgan. Sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazilishi, qo‘shimcha ma’lumot esa sud jarayoni yakuni bo‘yicha berilishi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, Xorazmdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari (3 nafar qiz) 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan zo‘rlab kelingan. Ularga nisbatan 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, ularga sharoit yaratib bergan bolalar uyi rahbari 5 yarim yilga qamalgan. 

Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirib, yengil jazo bo‘yicha Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi sudiga protest keltirilgani haqida xabar qilgan edi.

Keyinroq Oliy sud ushbu ishni kassatsiya tartibida shu yilning 6 aprel sanasida ko‘rib chiqishi ma’lum qilingandi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing