Xorazmda yo‘l qurilish tashkiloti boshlig‘i va kadastr xodimi pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida pora talab qilgan yo‘l qurilish tashkiloti bo‘lim boshlig‘i hamda Davlat kadastrlari palatasining Xiva tuman filiali xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, “Xorazm yo‘l qurilish” MCHJ bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr yer maydoniga hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan asfalt yotqizib berishni va’da qilgan. Buning evaziga korxona rahbaridan 1 milliard 306 million so‘m talab qilgan. Kelishilgan puldan 48 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining Xiva tuman filiali xodimi qaynotasi nomida bo‘lgan 4000 kvadrat metr yer maydonni xaridorga notarial tartibda sotilganini bila turib, ushbu yer maydonida ulushi bo‘lganini ro‘kach qilgan. Bu orqali yerni sotib olgan fuqarodan o‘z ulushi sifatida 60 ming AQSH dollari berishi kerakligini talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing