Xorazmda yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi paxtani qabul qilish va qayta ishlash zavodida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha 30 mart kuni soat 17:07 da tumandagi "Sapcha" MFYda joylashgan paxta qabul qilish va uni qayta ishlash zavodi hududidagi 11 ta paxta g‘aramining ustki qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 14 ta yong‘in-qatqaruv ekipaji, 12 ta yordamchi suv tashish avtomashinasi jalb qilingan. 

Yong‘in 18:03 da o‘rab olinib, 19:20 da o‘chirilgan. Voqea joyiga viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i va mas’ul xodimlar yetib borgan. 

Yong‘in oqibatida 11 ta paxta g‘aramining yuza qismida taxminan 2500 kilogramm paxta yongan va yong‘indan 2 ta paxta g‘arami saqlab qolingan. Voqea joyida viloyat hokimining o‘rinbosari boshchiligida yong‘in o‘chirish shtabi tashkil etilgan. 

Yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanayotgani ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketgan edi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorazm paxta yirik yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing