Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi
Jamiyat
−
22 fevral 2023 4903 1 daqiqa
Kecha, 21 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida paxta ortilgan yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 16:48 da viloyatning Qo‘qdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 avtoyo‘lining 85-kilometrida yuz bergan. Yuk mashinasi haydovchisi salonda yong‘in hidini sezib, mashinaning kuzov qismida yong‘in boshlanganini ko‘rgan. Yuk avtomobiliga ortilgan paxta yonib ketgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan hududiy FVV yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib kelgan. Soat 17:20 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolingan.
“Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025