Xorazmda yosh qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlarga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning aprel oyida Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2022 yilda 11 erkak 2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qizni (dastlab 2006 yilda tug‘ilgani aytilgandi) zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi. Qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan 11 erkakning 4 nafariga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda viloyat sudlari ma’lum qildi.

Shu yilning 1 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudida fuqarolar – J.R. (2001 yilda tug‘ilgan), F.R. (2002 yilda tug‘ilgan), O.O. (1998 yilda tug‘ilgan, maktab o‘qituvchisi) va M.Sh. (2001 yilda tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan.

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudida yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmiga muvofiq J.R., F.R., O.O. va M.Sh. 2022 yilda jabrlanuvchi Sh.Q.ga (2007 yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining oldingi tahrirdagi 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli, deb topilgan. Fuqaro J.R.ga 11 yil, F.R.ga 11 yil, O.O. ga 10 yil 1 oy va M.Sh. ga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Xorazm viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ammo viloyat sudlari bu jinoyatda dastlab 11 kishi ayblangan bo‘lsa-da, nega aynan 4 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlangani, qolgan shaxslarga jazo qo‘llangani yoki qo‘llanmagani haqida ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm zo'rlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing