Xorazmda 19 yoshli qiz o‘zini osgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Xorazm viloyati Shovot tumanida 19 yoshli kelin M.Q. uyidagi molxonasida o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabar bergandik. Shovot tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi. Ushbu tergovga qadar tekshiruv ishlari yakunlangan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra M.Q.ning o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgani holatida biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagani sababli, tuman prokurori D.Abdullayev tomonidan joriy yilning 18 aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish va marhumaning turmush o‘rtog‘i M.Ya.ga Ma’muriy javobgarlik to‘hrisidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan.

Shundan so‘ng, qaror viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yilning 28 aprel kuni bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun tuman prokuraturasiga qaytarib yuborilgan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv davomida Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialiga komissiyaviy sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan va hozirda ekspertiza tekshiruvi davom emoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing