Xorazmda universitet dekani pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
11 iyul
7680Xorazm viloyatida joylashgan Urganch davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan fakultet dekani qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, S.K. ismli ushbu dekan yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida fuqaro Z.O‘.ga universitetda o‘tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga 2600 AQSH dollari va 2,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida universitet yuriskonsulti pora olayotganda qo‘lga tushgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi