Xorazmda tadbirkorlar maktablarda stadion qurishi qonuniymi?

Jamiyat

image

Bugun, 30 mart kuni AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus sabab ta’lim tizimda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yangiliklar, karantin tufayli yuzaga kelgan ayrim muammolar to‘g‘risida savollar berildi.

Xorazmdan yo‘llangan savolda viloyat Xalq ta’limi boshlig‘i, maktab direktorlari karantin vaqti maktabda sun’iy qoplamali futbol maydoni qurasan, deb tadbirkorlarni qo‘yishmayotgani haqida so‘z yuritilgan.

“Shunga o‘xshash topshiriqlari tugamayapti, nima qilsak bo‘ladi?”, deyiladi savolda.

Ushbu savolga javob qaytarar ekan Dilshod Kenjayev, jumladan, shunday dedi: “Xorazm viloyatida davlat-xususiy sherikchilik asosida umumta’lim maktablarining foydalanilmasdan turgan yer maydonlarida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanishlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida viloyat hokimi tashabbusi bilan 2019 yilning may oyida tadbirkorlar tomonidan sun’iy qoplamali sport maydonlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunga qadar tadbirkorlar tomonidan 18 ta maktabga 21 ta sun’iy qoplamali maydonlar qurilib, maktab o‘quvchilari dars mashg‘ulotlari davomida foydalanishlari uchun (soat 17:00 gacha bepul) maktab ixtiyorida qoldirilgan".
 

Ta’kidlanishicha, maktab hududiga sun’iy qoplamali sport maydonchalarining qurilish ishlari tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda maktab ma’muriyatining qurilish ishlariga aralashuvi talab etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing