Xorazmda “metallolom”ga topshirilgan snaryad portlab ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 11 aprel kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi metallom yig‘ish shoxobchasida harbiylar sotgan snaryad portlab ketgani hamda ushbu portlashda shoxobchada ishlaydigan bir xodim halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi. 

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.

“Shuni alohida takidlash kerakki, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va ular jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llangan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatdagi uylardan biriga asteroid tushgani haqidagi xabarlar rad etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm snaryad metallom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing