Xorazmdagi uyga asteroid tushdimi? (video)
Jamiyat
−
14 may 50914 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi uylardan biriga asteroid tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 may kuni soat 03:39 da Xorazm viloyati FVBga Bog‘ot tumani “Yuksalish” mahallasi Obod vatan ko‘chasi 4-uyining dahlizining taxminan 10 kvadrat metr tom qismi qulab tushgani to‘g‘risida xabar tushgan. Hodisa sodir bo‘lgan manzilda Ichki ishlar boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar davomida hodisa joyida hech qanday fazo jismlari yoki portlash xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida xonadonda 2 ta propon gaz bollonlari mavjudligi aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasiga asosan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi. Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga tushish ehtimoli bo‘lgan, 1972 yilda uchirilgan, ammo orbitada qolib ketgan sovet avtomatik kosmik stansiyasi “Kosmos-482” Yer orbitasidan chiqib, Hind okeaniga qulab tushgandi.
Live
Barchasi