Xorazmda kuchli shamol bo‘ldi. Uy va simyog‘ochlarga jiddiy zarar yetdi (foto)

Jamiyat

image

Kecha, 4 iyun kuni Xorazm viloyatining bir qancha tumanlarida kuchli shamol bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

"4 iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida ko‘plab elektr tarmoqlariga shikast yetdi", deyiladi xabarda.

Suratlar orqali viloyatda shamol kuchli bo‘lganini ko‘rish mumkin. Shamol natijasida uylarning tomi, daraxtlar va simyog‘ochlarga jiddiy zarar yetgan.

Foto:“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Buni oqibatida bir qancha tumanda elektr uzilishlari kuzatilgan. Hozirda ushbu muammo ustida viloyat "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ishlayotgani ma’lum qilingan.

Foto:“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

"5 iyun kuni 10:00 dan 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Foto:“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Foto:“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Foto:“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Avvalroq, joriy yilning 17 may kuni Xorazmda kuchli shamol qayd etilgan edi. Unda ham shamol uy tomlari va daraxtlarga zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Shamol

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing