Xorazmda kiyim-kechak do‘konida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 14 dekabr kuni Xorazm viloyatidagi kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 03:03 da Hazorasp tumani “Bog‘dor” MFY E.Gayazov ko‘chasida joylashgan yengil tipdagi konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:50 da o‘rab olingan va soat 05:00 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi bog‘chada yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining shift va tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm kiyim-kechak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing