Xorazmda keliniga shilqimlik qilgan qaynota qamaldi 

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida qaynota eletroskuterni boshqarib borayotgan kelinining yonida o‘tirib, unga shahvoniy shilqimlik qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 avgust kuni fuqaro R.H. eletroskuterni boshqarib borayotgan kelini A.O‘.ni yonida o‘tirib, uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlab, tegajog‘lik qilib, belidan quchoqlagan va ko‘kragidan ushlab, shahvoniy shilqimlik harakatlarini sodir qilgan.

Holat yuzasidan erkak sudda aybiga iqrorlik bildirmasdan, O‘rtayop qishlog‘iga bozorga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun elektroskuterni boshqarib borayotgan kelinining yonida o‘tirib ketgani, shu vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani uchun nima qilganini eslay olmasligini, shahvoniy shilqimlik qilmagani, ishni qonuniy hal qilishni so‘rab, tushuntirish bergan.

Jabrlanuvchi kelin sudda, haqiqatan ham o‘sha kuni qaynotasi unga bozorga borib uyga xarajat qilib kelishini aytganini, elektroskuterni boshqarib bozorga ketishganini, uning yonida o‘tirib ketayotganida belidan quchoqlab, ko‘kragidan ushlab, u bilan jinsiy aloqada bo‘lishini aytib, shilqimlik qilganini bildirib, qaynotasiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga shu moddaning 1-qismiga asosan, 4 sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, qaynota R.H. ilgari 2023 yilda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 5-qismi bilan, 2024 yilda esa ushbu kodeksning 61-2-moddasi 1-qismi va 183-moddasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida sudlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida xaridor ayolning tanasidan ushlab, unga tegajog‘lik qilgan erkak 5 sutkaga qamalgandi. Shuningdek, unga 3,4 million so‘m miqdorida jarima jazosi ham tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm kelin shilqimlik Ma'muriy javobgarlik qaynota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing