Xorazmda qariyb 10 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marildi
3-sahifa
−
14 fevral 2641 1 daqiqa
Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida ko‘p qavatli uyda 9,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Hazorasp tumanining “Pahlavon Mahmud” MFYda joylashgan “H.Q.” ma’suliyati cheklangan jamiyatga tegishli ko‘p qavatli uy xatlovdan o‘tkazilganda, ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarini soxtalashtirgan holda, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 9 milliard 987 million so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilinib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi bir oyda 79 milliard so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi