Xorazmda daraxt kesgan fermerga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligi hududida 83 tup har xil turdagi daraxtlar qo‘porilgani, 3 tup daraxt o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangani aniqlangan.

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi rahbari B.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismiga asosan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Shuningdek, sudlanuvchi tomonidan 193,8 million so‘m miqdoridagi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm jinoyat fermer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing