Xorazmda Damas va Labo ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 65 foizga yetkaziladi

Jamiyat

image
Prezident “UzAuto Motors” avtomobillar narxini oshirganini tanqid qildi north_east

Prezident “UzAuto Motors” avtomobillar narxini oshirganini tanqid qildi

Urganch shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Yaqin uch yilda umumiy qiymati 24 trillion so‘mlik 2 ming 736 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 50 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 
 
Hazoraspdagi avtomobil zavodida Damas va Labo mikrovenlari ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasini 65 foizga yetkazish (hozir 27 va 14 foiz) bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi. 

Viloyatda kelgusi yilda paxtani qayta ishlash darajasini 100 foizga, ip-kalavani uch yilda bugungi 35 foizdan 70 foizga yetkazish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqiladi. 

Malayziyalik investorlarning 250  million dollar sarmoyasi hisobidan yiliga 63 ming tonna kaustik soda va xlor ishlab chiqaradigan kimyo zavodi quriladi. 

Suvdan unumli foydalanish, meva-sabzavotchilik klasterlari tashkil etish, qovunchilikda “Xorazm navi” brendini yaratib, qovun yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Sayyohlik salohiyatini kengaytirish maqsadida Shovot kanalining ikki yonida kichik turizm zonasini, Xivada “Xorazm xonlari shaharchasi”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Davlat rahbari milliy san’atni tarannum etish, xorijliklarni O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida Xorazmda lazgi bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazishni taklif etdi. Bu tashabbusni xorazmliklar mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing