Prezident “UzAuto Motors” avtomobillar narxini oshirganini tanqid qildi
Jamiyat
−
13 mart 2020
25772Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Mana ko‘ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak”, dedi Prezident.
Davlat rahbari bozor iqtisodiyotiga o‘tish og‘irligi, lekin mamlakatimiz shu yo‘ldan borishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” kompaniyasi joriy yilning 9 martidan e’tiboran Damas va Spark avtomobillari narxini 21 foizgacha, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarining narxini oshirgan edi.
LiveBarchasi