Xorazmda ayol 3 bolasini yoqib yubormoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
20 noyabr 2023
12589Ijtimoiy tarmoqlarda ayol taxminan 2-6 yoshlar oralig‘idagi 3 nafar farzandini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirlarda ayol gilamga to‘kilgan suyuqlikni gugurt bilan yoqishga urinayotgani va turli so‘zlar bilan farzandlarini haqoratlab, ularning ustidan benzin sepib yoqib yuborish bilan qo‘rqitayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu voqea Xorazm viloyati, Urganch tumanida sodir bo‘lgan. Hozirda holatni to‘la aniqlash bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Mazkur hodisa Bolalar ombudsmanining alohida nazoratiga olindi. Bolalarga nisbatan bunday jinoiy harakatlar ularning ota-onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilishidan qat’iy nazar, aybdorlarni qonunda ko‘zda tutilgan javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi”, deyilgan ushbu munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni Yangi Namangan viloyatining Namangan tumanida yashovchi ayol 10 yoshli farzandini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi