Xorazmda alanga ichida qolib ketgan odam qutqarildi (video)
3-sahifa
−
30 iyul 4624 1 daqiqa
Kecha, 29 iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahridagi korxonalarning biri yonib ketdi. Qutqaruvchilar yong‘in ichida qolgan 1 kishining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:32 da Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Urganch shahar “Navbahor” MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 17:36 da yetib borib, yong‘in soat 18:01 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inda qutqaruvchilar bir nafar fuqaroning hayoti saqlab qolgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Asaka tumanida fuqaroning uyida tashkil qilingan avtoservis yonib ketgandi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgan.