Xorazmda 20 kg simob sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
17 fevral 4076 1 daqiqa
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida qariyb 20 kg simobni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tezkor tadbir davomida Xiva shahrida yashovchi fuqaro tadbirga jalb etilgan “shartli xaridor”ga 4 dona shisha idishlarda saqlangan, sal kam 20 kg bo‘lgan simob moddasini jami: 5 000 AQSH dollariga sotayotgan paytda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
“Ma’lumki, simob moddasi xavfli yuklar toifasiga kiradi hamda uni tashish, saqlash va muomalaga kiritish maxsus tartib hamda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida qo‘shni davlatdan kelgan ikki nafar fuqaro 796 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini “Jartepa” chegara bojxona postidan noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi