Xorazmda 2 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan fermer ushlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “V.B.” fermer xo‘jaligi rahbari B.R. xo‘jalikka tegishli yer maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, 2 mlrd 203 mln so‘mlik 2 mln 446 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan  “V.B.” fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlangandi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing