Xorazmda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
17 Sentabr
2116Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda urganchlik 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining yashash xonadonida 64.452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2.908.608.000 so‘mni tashkil qiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3 -moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda yashirin dori sexi tashkil qilganlar qamalgandi.
LiveBarchasi