Xorazmda 18 yoshli qiz o‘zini osdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 18 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shko‘pir tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik qismiga joriy yilning 6 may kuni soat 12:50 da fuqaro Ch.Q.ning o‘z joniga qasd qilib, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan. 

Hodisa joyi Qo‘shko‘pir tuman prokurori rahbarligida tergov-tezkor guruhi va sud tibbiy ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Aniqlanishicha, Qo‘shko‘pir tumani “Hadra” qishlog‘ida yashaydigan 18 yoshli Ch.Q. o‘zini osish orqali joniga qasd qilgan. Marhumaning o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Qo'shko'pir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing