Xorazmda 14 yoshli “tungi kapalak” ushlandi (video)

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Urganch shahrida 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tungi paytda faoliyat olib boruvchi kafe, bar va restoranlarda nazorat-reyd tadbirlari amalga oshirilgan.

Tadbir davomida tungi klublardan birining rahbari voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 14 yoshli qizni tungi klubda raqqosalik bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yib kelayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan klub rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-moddasi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tushuntirish ishlari olib borilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, 14 yoshli qiz tungi klubda ijtimoiy xavfli ahvolda qarovsiz va nazoratsiz qolgani aniqlanib, Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli bo‘lgan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab “Oriat” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilgandi. Tadbir davomida axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS) va boshqa turdagi yuqumli, teri-tanosil kasalliklarining tarqalishini oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar, tungi klublar va boshqa jamoat joylarida hamkorlikdagi tadbirlar olib borilgandi. Unda 340 ta ob’ekt tekshirilib, aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan 2957 shaxs bilan tushuntirish ishlari olib borilgandi va mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm tungi klub Urganch tungi kapalak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing