Xorazmda 1,4 mlrd so‘m kredit pullarini chet elga o‘tkazib yuborganlar ushlandi 

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida 1,4 mlrd so‘m kredit mablag‘ini noqonuniy chetga olib chiqqan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “A.D.” oilaviy korxonasining mas’ul shaxslari davlat kafolati ostida olingan kredit mablag‘lari hisobidan import qilingan parranda boqish uskunalarining narxini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatgan. Ular aslida bozor bahosi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan 25,9 ming parranda boqishga mo‘ljallangan uskunalarni 50 ming bosh parranda boqishga mo‘ljallanganligini ko‘rsatib, hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 2,5 mlrd so‘m kreditni “Sh.Y.” xorijiy kompaniyasiga o‘tkazgan. Bu bilan ular jami 1,4 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi departamentning xabarida.

Esltib o‘tamiz, oldinroq Xorazmda imtihonsiz “prava” olib berishni va’da qilib 3 kishidan 1,3 ming dollar va 1,2 million so‘mni olgan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing