Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

Xorazmda 1,3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan novvoyxona va mashina ustaxonasi aniqlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Urganch tumanida 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi north_east

1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi

Qayd etilishicha, Xiva shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli Urganch tumanida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va novvoyxona shoxobchasida tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlandi. Aniqlanishicha, korxona mansabdorlari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin yo‘llar orqali o‘zboshimchalik bilan ulanib, foydalanib kelgan.

Shu kungacha jami 512 ming 658,8 metr kub gaz ishlatilgan. Oqibatda davlat manfaatiga 1 milliard 332 million so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan javobgarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11,4 milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Urganch tumani shoxobcha novvoyxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing