Xorazmda 1,1 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Bog‘ot va Xazorasp tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor Sh.E.ga qarashli korxona elektr hisoblagichining ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, 715,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shuningdek, ushbu tumandagi “O.G‘.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslarida ham qoidabuzarlik qayd etilib, buning oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 213,5 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, Xazorasp tumanidagi “R.S.” fermer xo‘jaligiga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday holat aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida 171 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing