Xorazmda harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Shovot tumanida harakatlanib ketayotgan Damas'da yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 1 iyul kuni soat 21:56 da Shovot tumani “Paxtakor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-159 avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan fuqaro M.S. boshqaruvidagi Damas mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida avtomobilning dvigatel va salon qismi yongan.

Voqea joyiga Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, soat 22:12 da avtomobilda yuzaga kelgan yong‘inni to‘liq bartaraf etgan. 

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda Damas haydovchisi mast holda Xiva shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Xorazm Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing