Xiva shahar IIB boshlig‘ini Damas urib yubordi

3-sahifa

image

Xorazmda Damas haydovchisi mast holda Xiva shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Keltirilishicha, voqea kecha, 25 iyun kuni soat 00:10 larda Xiva shahri Amir Temur ko‘chasida yuz bergan. 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas’ni Elobod ko‘chasi kesishmasi tomon boshqarib kelayotganida Xiva shahar IIB ma’muriy binosi oldida ko‘chani IIB binosi tomon kesib utayotgan Xorazm viloyati Xiva shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik Botir Otajonovni urib yuborgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani va jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing