Xorazm viloyatining bir necha tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatining Tuproqal’a, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 1 aprel kuni xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Ushbu sessiyada tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Salayev egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. 

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovning tavsiyasi bilan Shuhrat Axmedov Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Bungacha u Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Bog‘ot tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Yaxshiboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan tuman hokimi lavozimiga Jahongir Nazarov tayinlangan. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Jahongir Nazarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga esa ilgari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Bobur Egamov nomzodini tavsiya etgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bobur Egamov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘ayratjon Sultonov Urganch tumanining yangi hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm tayinlov hokimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing