Xorazm va Namanganda “valyutchik”lar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
28 iyun 2025 5877 1 daqiqa
Xorazm va Namangan viloyatida noqonuniy ravishda valyuta sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xiva shahri va Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.I. fuqaro B.K.dan 6200 dollarni 77,7 mln so‘mga, fuqarolar B.A. va M.A. fuqaro U.E.dan 4100 dollarni 51,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday vaziyatda Namangan va Davlatobod tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro A.A. fuqaro I.Yu.dan 3600 dollarni 45,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida fuqaro A.A. 4000 dollarni 50,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida qariyb 195 ming qalbaki AQSH dollarining muomalaga kiritilishining oldi olingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025