Xorazm va Qoraqalpog‘istonni bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi qurish taklif qilindi
Jamiyat
−
04 iyul 2019
4954Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘isto Respublikasini bog‘lovich Gurlan-Amudaryo temir yo‘l liniyasini qurish taklif qilinyapti. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shu mazmundagi petitsiya e’lon qilindi.
“Xorazm viloyati Shovot tumanidan Gurlan hamda Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanlari orqali yangi temir yo‘l qurib, Miskin-Nukus temir yo‘li bilan tutashtirishni taklif qilaman, deb boshlanadi jamoaviy murojaat.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Saratov-Toshkent va Volgograd-Toshkent poyezdlari Urganchga kirishi uchun Nukus-Miskin-Urganch marshruti bo‘ylab 200 kilometrga yaqin ortiqcha yo‘l yuradi (Urganch yaqinidan o‘tib, Miskin stansiyasidan yana orqaga qaytadi) va yo‘lovchilar 3 soatga yaqin vaqt yo‘qotadi. Taklif qilinayotgan yo‘l qurilib, ishga tushirilsa, yo‘nalish vaqti 2-3 soatga qisqaradi, tabiiyki, bu katta iqtisodiy samaradorlikka ega. Bundan tashqari, Gurlan va Amudaryo tumanlarida yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ushbu tumanlarga yuklarni yetkazib berish ancha arzonlashadi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Gurlan-Amudaryo temir yo‘l liniyasini qurishni taklif qilamiz”, deb yakulagan murojaat muallifi.
LiveBarchasi