Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol sababli daraxtlar va uy tomlari qulab tushdi (foto+video)
Jamiyat
−
18 iyul 2023
9587Kecha, 17 iyul kuni Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan kuchli shamol sababli daraxtlar va uy tomlari qulab tushdi. Elektr energiya ta’minotida uzilishlar sodir bo‘ldi.
Keltirilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun tezkor brigadalar hamda maxsus texnikalar jalb etildi. Yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralari ko‘rilgan.
“Ayni paytda Gurlan, Shovot, Urganch, Bog‘ot, Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Yangiariq va Xonqa tumanlarida tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan nosozliklarni ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirilganini ma’lum qildi.
18 iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Xorazmning Yangiariq va Urganch tumanlarining ayrim hududlarida joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
LiveBarchasi