Xorazm va Buxoroda og‘ufurushlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroning mashinasidan 3 kg 982 gr opiy giyohvandlik moddalari topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning salonidan 3 kg 982 gr opiy topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari natijasida mazkur shaxs Tojikistondan keltirilgan ushbu ajal og‘usini Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi 2 nafar fuqarodan olgani aniqlanib, Xazorasp tumanidagi mehmonxonaning ular joylashgan xonasidan sotish uchun mo‘ljallangan 1 kg 952 gr opiy ham tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Jarayon og‘ufurushlarning eski rejasi asosida qayta sahnalashtirilib, ushbu giyohvandlik vositasini sotib olmoqchi bo‘lgan yana 2 nafar xazorasplik "savdogar"lar ushlangan. 

Bundan tashqari Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 50 va 48 yoshli muqaddam sudlangan 2 nafar fuqaro Buxoro shahrida 1 kg 224 gr opiy moddasini 50 ming dollarga sotayotgan vaqtida DXX va Bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Boshqa bir holatda esa Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hududida harakatlanayotgan  Nexia to‘xtatilib, tekshirilgan. Tekshiruv jarayonida 33 yoshli fuqaroning yonidan 1 kg 913 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

“Ushbu ajal og‘usi tojikistonlik narkokurerlar tomonidan  kontrabanda yo‘li bilan Toshkent viloyatiga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona postida O‘zbekiston hududiga 55 kilogramm narkotik moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi ushlangandi. Shu oy boshida esa Toshkent xalqaro aeroportida so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik miqdordagi – 8,5 tonna giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolingandi


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo DXX Xorazm Tojikiston Toshkent viloyati opiy giyohvandlik vositasi Xazorasp Buka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing