Xorazm tomondan ham xushxabar. 3 nafar bemor koronavirusni yengib o‘tdi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida yana 3 kishi koronavirus kasalligini yengib o‘tdi. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“61, 47 va 29 yoshli bemorlarimiz viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokorlar tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi“, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, tuzalganlarning barchasi charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga olib kelingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ularning uchalasi ham erkak bo‘lib, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan.

Shunday qilib, Respublikada koronavirusdan sog‘ayganlar soni 164 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. 4 nafari vafot etganMavjud bemorlar soni 1282 kishini tashkil qilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing