Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019 5474 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlarida umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.
Tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Shuningdek qaror bilan, Xorazm milliy tabiat bog‘iga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni hamda tabiat bog‘ining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.
Live
Barchasi