Xonanda Shahriyor narkotik modda bilan qo‘lga olindimi?
3-sahifa
−
26 fevral
19297Ijtimoiy tarmoqlarda rep xonandasi Shahriyor Argonov kecha, 25 fevral kuni Toshkent shahridagi “Sharq” post-patrul maskanida giyohvandlik moddasi bilan ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 25 fevral kuni Toshkent shahridagi “Sharq” post-patrul maskanida Onix rusumli transport vositasi to‘xtatilgan, biroq uning haydovchisi aynan Shahriyor ekani haqiqatdan yiroq.
YHXB xabarida ushbu shaxs tekshirilganda uning kiyimlari orasiga yashirib olgan giyohvandlik moddasi aniqlangani va tegishli tartibda Bektemir tumani IIO FMBga olib borib topshirilgani aytilgan.
LiveBarchasi