Xonanda Munisa Rizayeva oilasi bilan shifoxonaga yotqizildi

Madaniyat-san’at

O‘zbek estradasi yulduzi – xonanda Munisa Rizayeva oilasi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda ma’lum qildi.

Xonanda koronavirusga chalinmagan. Munisa Rizayevaning aytganlariga qaraganda, uning oila a’zolari zotiljamga chalingan bo‘lishi mumkin.

“Iltimos, hammalaring sog‘liqlaringni asrang. Hech qayerga chiqmang. Uyda o‘tiring. Nafaqat koronavirus, undan ham battar kasallik chiqqan. Onam, otam barcha oila a’zolarimiz bilan kasalxonadamiz. Pnevmoniya eng yomon kasallik. Juda ham ko‘p insonlar pnevmoniya bilan kasallanmoqda. Onam va otam juda og‘ir ahvolda”, deya ma’lum qilgan Munisa Rizayeva.

Avvalroq, boshqa bir xonanda Kaniza koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Xonanda o‘zi uy sharoitida davolanayotganini aytib, sog‘lini saqlash tizimini bee’tiborlikda ayblagandi.

Keyinroq esa yana bir san’at vakili rejissyor Sarvar Karimov oila ham koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. Rejissyorning otasi koronavirusdan vafot etdi. Rejissyor ijtimoiy tarmoqdagi postlaridan keyin oilasi bilan sanatoriyga yotqizildi.


Maqola muallifi

Teglar

Munisa Rizaeva

Baholaganlar

3590

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing