Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekistonda o‘tadigan futzal JCH timsoli bo‘ldi

Sport

image

Xon ismli Turon yo‘lbarsi O‘zbekiston mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati rasmiy timsoli etib tanlandi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘z rasmiy saytida xabar berdi.  

FIFA'ning qayd etishicha, Xon haqiqatan ham futzalning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, tezligi va jozibali tabiati hamda O‘zbekistonning mahalliy va mintaqaviy merosini ifodalaydi.

“Maftunkor yo‘lbars ham futzal musobaqasi ruhini ifodalab, qayerdan bo‘lishingizdan va kim bo‘lishingizdan qat’i nazar, futzal maydonida va jamiyatda o‘z o‘rningiz borligini barchaga eslatib turadi. Xon tanlovidan futzalchilar Turon yo‘lbarslarining yashirinish, yo‘q joydan paydo bo‘lish qobiliyatidan ilhom oladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha O‘zbekistonning uch shahri – Toshkent, Buxoro va Andijon futzal bo‘yicha 2024 yilgi FIFA jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futzal bo‘yicha Jahon chempionatining o‘yinlari o‘tkazilish vaqti belgilangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Turon yo'lbarsi Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made