Xomanaiy jismonan butunlay sog‘lom – Pezeshkiyon
Olam
−
15:34 1356 1 daqiqa
Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon kecha, 10 avgust kuni mamlakat Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy bilan uchrashganini va Xomanaiy jismonan butunlay sog‘lomligini ma’lum qildi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.
“U jismonan butunlay sog‘lom edi“, deydi Pezeshkiyon.
Prezident shuningdek, Eron rahbari bilan uchrashuv 7-8 soat davom etganini qo‘shimcha qilgan.
Qayd etilishicha, Xomanaiy Pezeshkiyon bilan joriy yilning 9 avgust kuni uchrashgan. Siyosatchilar harbiy va iqtisodiy sohalardagi vaziyatni muhokama qilgan.
Uchrashuv Eron Oliy rahbari tasvirlangan videolavha OAVda e’lon qilinganidan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Bu Eron va AQSH o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan beri so‘nggi besh oy ichida Xomanaiyning OAVda ilk bor ko‘rinishi bo‘lgandi.
Shu vaqt davomida Eron rahbari jamoatchilik oldida biror marta ham ko‘rinmagan. OAVda esa Xomanaiy go‘yoki AQSH va Isroilning Tehronga bergan zarbalari vaqtida halok bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqalgan.
Live
Barchasi