Xolifild katta boksga qaytishini ma’lum qildi

Sport

image

Boks bo‘yicha Amerikaning sobiq chempioni Evander Xolifild ringga qaytadi. Bu haqda u Twitter'dagi o‘z sahifasida yozib qoldirgan.

57 yoshli amerikalik janglarni xayriya maqsadida olib borishini ma’lum qilgan. Xolifild to‘liq tafsilotlarni keltirmagan.

Bundan oldin, joriy yilning 25 aprel kuni 53 yashar Mayk Tayson ham ringga qaytayotganini, u ham xayriya tadbirlarini maqsad qilganini xabar bergan edi. Keyinchalik sobiq mutloq jahon chempioni ijtimoiy tarmoqlarda mashg‘ulot o‘tkazayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. 6 may kuni avstraliyalik promouter Brayan Amatruda Amerika vakili bilan bog‘lanib, Taysonga boks uchrashuvi uchun million dollar taklif qilganini ma’lum qildi.

1997 yilda Tayson Xolifildga qarshi o‘yinda raqibini qulog‘idan tishlab olgan edi. Oqibatda jang to‘xtatilgan va Tayson diskvalifikatsiya qilindi hamda uch million dollar jarimaga tortilgan edi.

Xolifild so‘nggi jangini 2011 yilda o‘tkazgan. Uning hisobida 44 g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat bor. Uning ishtirokidagi ikkita jang durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Evander Xolifild

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing