“Temir” Mayk ko‘rmagan markaziy jang. “Humo”dagi boks turniridan fotoreportaj

Sport

image

Besh kun davomida Toshkent shahri yirik sport anjumaniga mezbonlik qildi. Butunjahon boks ittifoqining (WBC) yillik 61-Konvensiyasi yakunlangach, 17 noyabr kuni barchaning e’tibori “Humo arena”dagi janglarga qaratildi.

O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi janglarni afsonaviy amerikalik bokschilar Mayk Tayson va Evander Xolifilddan tashqari, WBC prezidenti Maurisio Suleyman va o‘zbek sporti amaldorlari Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Professional boks federatsiyasi vitse-prezidenti G‘ofur Rahimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov hamda Paralimpiya qo‘mitasi rahbari Muxtorxon Toshxo‘jayev bevosita arenadan kuzatib bordi.

Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov va Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov tomonidan Tayson va Xolifildga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Main kardda jang qilgan barcha O‘zbekiston vakillari g‘alabaga erishdi.

Markaziy jangda JARlik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgan Bahodir Jalolov to‘qnashuvdan so‘ng, o‘zbek sporti rahbariyati vakillari va Miralisher Mirziyoyev kechaning asosiy qahramonini g‘alaba bilan tabrikladi.

Shunday qilib, Toshkent shahrida o‘tkazilgan yirik boks anjumani poyoniga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Mayk Tayson Evander Xolifild Adham Ikromov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing