Xoland Ronaldu 232 ta o‘yinda erishgan natijani 8 ta o‘yinda naqd qildi
Sport
−
03 Oktabr 2022
12171Kecha, 2 oktyabr kuni Erling Xoland “Manchester Siti”ning “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinida xet-trikga erishdi. Bu 22 yoshli futbolchining APLdagi uchinchi xet-trigi bo‘ldi. Xoland “Yunayted”dan oldin “Kristal Pelas” va “Nottingem Forest” darvozasiga 3 tadan gol kiritgan.
Xoland APLdagi xet-triklar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi. Ronalduga ushbu natijaga erishishi uchun 232 ta o‘yin kerak bo‘lgan. Norvegiyalik futbolchiga esa 3 ta xet-trik qayd etishi uchun 8 ta o‘yin kifoya qilgan.
Premer liga tarixida eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchi Serxio Aguero hisoblanadi. “Siti”ning sobiq hujumchisi 12 marta uchta gollik marrani zabt etgan. Serxiodan keyingi o‘rinlarda Alan Shirer va Robbi Fauler bormoqda. Ular mos ravish 11 va 9 tadan xet-trikga erishgan.
Umuman olganda, Xoland “Yunayted”ga qarshi o‘yinda faoliyatidagi o‘n beshinchi xet-trikni rasmiylashtirdi. Erling uchta gollik marrani “Siti” safida 3 marta, “Zalsburg”da 5 marta, “Borussiya Dortmund”da 4 marta, Norvegiya termasida 2 marta va “Molde”da 1 marta zabt etgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Xoland “Siti” safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. “Transfermakt” portali norvegiyalik hujumchini 150 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi