Xoland Mbappeni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Sport

image

Norevegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubining  futbolchisi Erling Xoland dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. 22 yoshli sportchi ayni damda 170 million yevroga baholanmoqda. Bu haqda Germaniyaning “Transfermarkt” portali xabar berdi.

Qayd etish kerakki, Xolanddan oldin dunyoning eng qimmat futbolchisi maqomi PSJ hujumchisi Kilian Mbappega tegishli edi. Ayni paytda fransiyalik futbolchining bozor qiymati 160 million dollarni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning yozida Xoland “Borussiya Dortmund”ni “Manchester Siti”ga alamashtirgan edi. Ingliz klubi 22 yoshli futbolchi uchun 75 million yevro to‘lagan. U joriy mavsumda “shaharliklar” safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi.

Kilian Mbappe esa joriy yilning may oyi oxirida PSJ bilan yangi uch yillik shartnoma imzolagan edi. Uning bu qarori ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi. Sababi Ommaviy axborot vositalari Mbappening kelajagini “Real Madrid” bilan bog‘lagan. 23 yoshli hujumchi PSJ safida 18 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 18 marta ishg‘ol qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Erling Xoland

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing