Xoland “Borussiya”da qoladimi?

Sport

image

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland Germaniya Bundesligasining 19-turidan o‘rin olgan “Frayburg”ga (5:1) qarshi o‘yinda qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng, kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Ushbu uchrashuvda hujumchi dubl qayd etdi.

“Hozir “Borussiya” futbolchisiman va kelasi mavsum uchun qaror qabul qilish menga bosim o‘tkazadi. Shunchaki futbol o‘ynashni xohlayman. Ehtimol, tez orada aniq qaror qabul qilishim kerakdir. Men bu haqda hech qachon gapirmaganman, chunki klubimni hurmat qilaman”, deydi Xoland.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 13 o‘yinda 15 ta gol urib, 5 marta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchining shartnomasi 2024 yilda tugaydi, “Transfermarkt” portali uning transfer narxini 150 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi va mavsum oxirida klub maslahatchisi bo‘lishi kutilayotgan mutaxassis Ralf Rangnikka Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xollandni sotib olish topshirig‘i berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Borussiya Dortmund Xoland

Baholaganlar

17

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing