Xoland 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi

Sport

image

Dortmundning “Borussiya” klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi.

“Menimcha, birinchi raqamli futbolchi Levandovski. Benzema ham zo‘r o‘ynadi, lekin Messi ham ajoyib mavsum o‘tkazdi. Shunday qilib, Benzema va Messi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishadi”, deydi Xolland “Sky Sports” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan. Polshalik hujumchi bu borada PSJ vingeri Lionel Messini 4 ochkoga ortda qoldirdi. “Liverpul” to‘purari Muhammad Salah esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilda “France football”ga tegishli “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. O‘shanda Levandovski ikkinchi, “Chelsi” vakili Jorjino uchinchi o‘rindan joy olgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Borussiya Levandovski Xoland

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing