Xokkey bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari xavf ostida qolmoqda 

Sport

image

Shveysariya ayollar xokkey terma jamoasi o‘yinchilaridan birida norovirus testi ijobiy chiqqach, sportchi izolyatsiyaga olindi. Bu haqda Shveysariya xokkey federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Kecha, 6 fevral kuni Shveysariya terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvini o‘tkazib, Chexiyani penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur o‘yindan so‘ng jamoa ochilish marosimida ishtirok etmadi.

“U 6 fevral kuni ertalabdan buyon alomatsiz. Ehtiyot chorasi sifatida, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, jamoa izolyatsiyaga olindi. Hozircha boshqa biror shveysariyalik sportchida alomatlar kuzatilmadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Shveysariya terma jamoasining navbatdagi o‘yini bugun, 7 fevral kuni Kanadaga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq uchrashuv bekor qilinishi ehtimoli ham bor.

Ta’kidlanishicha, shveysariyalik xokkeychilar norovirus bilan bog‘liq ilk holat emas. Bir necha kun avval Finlyandiya ayollar terma jamoasida ham infeksiya aniqlangandi va ularning turnirdagi dastlabki o‘yini (Kanadaga qarshi) sportchilar izolyatsiyasi sabab bir haftaga qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

xokkey Shveytsariya norovirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing