Sindorov va Gukeş uçinçi partiyada ham durang öynadi

Sport

−

visibility1225 timer2 daqiqa

image

Özbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Gukeş Dommaraju şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsning uçinçi partiyasida durang qayd etişdi. Uçraşuv Şveysariyada bölib ötmoqda.

Sindorov oq donalarda öynadi. Uçta partiyadan keyin umumiy hisob 1,5:1,5 körinişiga keldi. Törtinçi partiya ertaga, 28 noyabr kuni bölib ötadi.

Jahon toji uçun bahs klassik vaqt nazoratida ötkaziladigan 14 ta partiyadan iborat. Dastlabki 40 ta yuriş uçun şaxmatçilarga 120 daqiqadan vaqt beriladi. Şundan söng har bir yuriş uçun 30 soniyadan qöşib boriladi, 40 ta yurişdan keyin esa yana 30 daqiqa ajratiladi.

Agar şaxmatçilardan biri 14-partiyaga qadar 7,5 oçko töplasa, ğolib muddatidan oldin aniqlanadi. Aks holda, durang natija qayd etilsa, ğolib tay-breykda aniqlanadi.

Gukeş 2025 yilda xitoylik Din Lijenni mağlub etib, jahon çempioniga aylangan. 18 yoşida u tarixdagi eng yoş mutlaq jahon çempioni böldi. Şu tariqa hindistonlik şaxmatçi 22 yoşida jahon çempionligini qölga kiritgan Garri Kasparovning rekordini yangilagandi.

Sindorov esa joriy yilning aprel oyida Kiprda ötkazilgan Nomzodlar turnirida ğalaba qozonib, jahon çempionligi uçun bahsda iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. U mutlaq jahon çempioni unvoni uçun bahsga yöllanma olgan ilk özbekistonlik şaxmatçi böldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing